Mehnat kodeksining 237-moddasiga asosan, uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi. Mehnat kodeksining 97-moddasi birinchi qismi 1-bandiga ko’ra, ish beruvchi faqatgina qizingiz bilan kelishib mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin. Ushbu asosga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish taraflar tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilish shartlari to’liq kelishib olingach amalga oshiriladi. Mazkur shartlarga to’lov miqdori va ishni tugatish muddati kiradi. Boshqa holatlarda ish beruvchi Mehnat kodeksining 112-moddasiga asosan mehnat shartnomasini noqonuniy bekor qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Sizni qizingiz o’z huquqlarini himoya qilishni so’rab sudga murojaat qilishi mumkin va ish beruvchiga mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to’lash, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar uchun kompensatsiya hamda ma’naviy zararni to’lash majburiyati yuklanadi.
Yuborilmoqda...