“Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasiga ko’ra, davlat ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarga qo’shimcha ish joylari va ixtisoslashtirilgan korxonalar, ish o’rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish yo’li bilan va boshqa choralar bilan qo’shimcha kafolatlarni ta’minlaydi hamda korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga yoshlarni ish bilan band qilishning moslashuvchan shakllarining eng kam miqdorini belgilab beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risida nizomga ko’ra, aholi bandligiga ko’maklashish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o’rinlarining eng kam soni belgilanadi (band qilib qo’yiladi).
Bundan tashqari, ish beruvchi mahalliy organ yoki boshqa organ tomonidan ishga yuborilgan 18 yoshga to’lmagan shaxslarni ish o’rinlarining eng kam soni belgilanganligi hisobidan ishga qabul qilishga majbur.
Yuborilmoqda...