15 yoshga to’lgan voyaga yetmaganlar ishga joylashishda o’qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Ushbu ma’lumotnomaning mazmuni ruxsat berish tusiga ega bo’lmaydi (masalan, ota-onasinining birini roziligi kabi). Biroq, ushbu ma’lumotnomada shaxs mazkur muassasada o’qishi hamda ta’lim olish uchun zarur bo’lgan vaqti ko’rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar bilan birga Mehnat kodeksining 77-moddasi ikkinchi qismi talabiga ko’ra, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishga yo’l qo’yiladi. Ma’lumotnomada ko’rsatilganlarni hisobga olgan siz uni ta’lim olishga hamda uy vazifalarini bajarishga imkon bergan holda ishni tashkil qilishingiz lozim.
Eng muximi mazkur bolani ishlash uchun ota onasidan birining yoki ular urnini bosuvchi shaxsning yozma ravishda roziligi bilan ishga kabul kilinishi mumkin.
Yuborilmoqda...