Siz o’g’lingizni ishlashini taqiqlay olmaysiz. Ishga joylashishda ota-onalarning roziligi 16 yoshgacha talab qilinadi. Ammo, siz qonunchiligimizga o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanganligini bilishingiz lozim (Mehnat kodeksining 241-modda birinchi qismi). O’n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo’llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining qarori bilan tasdiqlangan. (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 29 iyulda 1990-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan).
Ro’yxatga kirtilgan korxonalarning mulkiy va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ularda o’n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo’llanishi taqiqlanganligiga urg’u berib o’tish juda muhim.
E’tibor bering, Mehnat kodeksining 241-moddasining birinchi qismiga ko’ra, 18 yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan ularning sog’lig’i va axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan ishlarida foydalanish taqiqlanadi. Jumladan, bunday ishlar ro’yxatiga tungi klublarda ishlash, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlari, narkotik va boshqa toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish va ularning savdosidagi ishlar kiradi.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 491-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan ishlarda foydalanish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Shunday qilib, o’g’lingiz 18 yoshga to’lgunga qadar o’zi xohlagan taqdirda ham voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanish taqiqlangan ishlarga jalb qilinmaydi.
Yuborilmoqda...