Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men maktabda ishlayman. Men sinf rahbari bo’lgan 8 “B” sinf o’quvchilari qiziqishyapti: agar ular ishlamoqchi bo’lishsa, ish vaqtining muddatida ularga cheklov o’rnatilganmi. Agar o’rnatilgan bo’lsa, ushbu cheklovlar ish haqining miqdoriga ta’sir qiladimi?

Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sog’lig’iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun — ular o’n besh yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. Ish vaqtining muddatiga cheklov o’rnatilgan. Mehnat kodeksining 242-moddasiga ko’ra, ish vaqtining muddati o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlarga haftasiga o’ttiz olti soatdan, o’n beshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to’rt soatdan oshmaydigan qilib belgilangan. O’qishdan bo’sh vaqtlarida ishlayotgan o’quvchilarning o’quv yili davomidagi ish vaqti muddati yuqoridagi ko’rsatilgan yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko’p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas.

Mehnat kodeksining 243-moddasiga muvofiq o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to’liq bo’lgan chog’da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to’lanadi. Korxonalarda o’qishdan bo’sh vaqtida ishlayotgan o’quvchilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to’lanadi.

Bundan tashqari siz o’quvchilaringizga 18 yoshga to’lmagan xodimlarga 30 kalendar kunidan kam bo’lmagan miqdorda uzaytirilgan ta’til berilidi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa