Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Yoshim 17 da va men qandolat fabrikasida ishlayman. Yaqinda direktor ish o’rinlarini qisqartirish masalasida yig’ilish o’tkazdi. Hamkasblarimning aksariyati bu yerda ko’p yillardan buyon ishlab keladi va tabiiyki ularning malakasi mening ish malakamdan yuqori. Birinchi navbatda meni qisqartirishadi deb taxmin qilsam bo’ladimi?

Mehnat kodeksining 246-moddasiga ko’ra, o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo’l qo’yiladi. Bunday rozilik mahalliy mehnat organi tomonidan oldindan imzolanishi lozim. Bunday rozilikni olish jamoa kelishuvi yoki mehnat shartnomasida ko’rsatilgan bo’lsa, mahalliy organ tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berishi kasaba uyushmasi yoki xodimning boshqa vakillik organining roziligidan keyin yo’l qo’yiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanilishi haqida”gi qarorining 51-bandiga ko’ra, ish beruvchi tashabbusiga ko’ra o’n sakkizga to’lmagan shaxslar bilan ishlab mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan mehnat shartnomasini bekor qilishi qonunni ochiq-oydin buzish deb topiladi. Mehnat munosabatlari fabrika direktori tashabbusi bilan mahalliy mehnat organining roziligini olmasdan bekor qilingan taqdirda mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilingan deb topiladi va siz oldingi ish joyingizni qayta tiklashni va progul vaqti uchun haq to’lashni talab qilishingiz mumkin. Bunday holatda xodim o’ziga yetkazilgan ma’naviy zararni undirishni ham talab qilishi mumkin. Shuni ham qayd etish kerakki, mansabdor shaxs mahalliy mehnat organining roziligini olmasdan o’z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa