Mehnat kodeksining 247-moddasiga ko’ra, ota-onalar va vasiylar (homiylar), shuningdek mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar, agar o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirish ular sog’lig’iga ziyon qiladigan yoki ularga boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo’lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqlidirlar. SHuning uchun siz sex boshlig’idan o’g’lingiz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qishingiz mumkin.
Ushbu holatdan qonunchilikda ona-onaning talabi qanday shaklda bo’lishi belgilanmagan. Biroq, bunday talablar ish beruvchiga yozma shaklda taqdim etilishi va unda 18 yoshga to’lmagan shaxs bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning aniq asoslari ko’rsatilishi lozim. Bunday asoslarga voyaga yetmagan shaxsning sog’lig’iga ta’sir qiluvchi mehnat shartlari, o’qish jarayoni bilan nomuvofiqligi yoki uning axloq-odobiga ziyon yetkazilayotgani kirishi mumkin.
Ish beruvchi ko’rsatib o’tilgan shaxslarning 18 yoshga to’lmagan shaxs bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risida belgilangan tartibda bergan talabini muhokama qilish huquqiga ega emas.
Yuqoridagilarga ko’ra, sex boshlig’i o’g’lingiz bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi arizangizni olishi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi kerak.
Yuborilmoqda...