Mehnat kodeksining 248-moddasiga ko’ra, ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
Agar siz ishlab chiqarishdan uzilmagan holda o’qishni davom ettirsangiz, shu bilan birga o’quv rejalarini bajarsangiz, siz ish joyingizdan beriladigan qo’shimcha ta’tilga, qisqartirilgan ish haftasiga va qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlarga ega bo’lasiz.
Mehnat kodeksining XIV bobi 3-paragrafida ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar ko’rsatib o’tilgan. Bunday imtiyozlar nafaqat Mehnat kodeksida, balki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ham ko’rsatib o’tilgan. Mehnat kodeksining 103-moddasiga ko’ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo’lgan xodimlarga beriladi.
Agar siz kunduzgi bo’limda o’qisangiz, o’qishdan bo’sh bo’lgan vaqtingizda ishlashingiz mumkin (masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2003 yil 9 yanvardagi 9-son buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim to’g’risida nizomning 50-bandi (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 22 fevralda 1222-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan)
Ish beruvchingiz sizning ta’lim olish huquqingizni amalga oshirishga to’sqinlik qilmaydigan ish vaqtini belgilashga majburdir.
Yuborilmoqda...