Ha, murojaat qilishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 250-moddasiga ko’ra, ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlarga yillik ta’tillarni ish beruvchi ularning xohishiga ko’ra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to’g’rilab berishi shart. Ushbu moddada ko’rsatilgan qoidalar Mehnat kodeksining boshqa moddalari bilan aniqlashtirilgan.
Mehnat kodeksining 143-moddasining umumiy qoidasiga ko’ra, yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin berilishi belgilangan. Biroq, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida o’qiyotganlarga, agar ular o’zlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni xohlasalar ta’til xodimning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan oldin beriladi.
Mehnat kodeksining 144-moddasiga muvofiq, yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi. Biroq, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda universitetda o’qiyotganigiz uchun ish beruvchi sizning xohishingizga ko’ra ta’tili berishi lozim.
Yuborilmoqda...