Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Xodimim oliy o’quv yurtiga o’qishga kirdi va hozirda sirtqi bo’limda o’qiydi. Uni ishga qabul qilayotganimda ta’lim olishini kelishmaganmiz. Xodimimning bakalavr dimlomi bo’lishiga qaramasdan, unga korxona hisobidan o’quv ta’tilini berishim shartmi?

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonuning 14-moddasiga ko’ra, oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi va magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Mehnat kodeksining 256-moddasiga muvofiq, oliy o’quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o’ttiz kalendar kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o’quv yurti talabalariga to’rt oy muddat bilan o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’tillar beriladi.

Yuqoridagilarga ko’ra, siz ish beruvchi sifatida, o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’til berishingiz lozim.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 257-moddasiga ko’ra, ish beruvchi oliy o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o’quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo’l kiraning ellik foizdan kam bo’lmagan qiymatini to’laydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa