"Mehnat huquqlari" -
Men kafeda ofitsiant bo’lib ishlayman. Smena oxirida odatdagidek tushgan pulni seyf bo’lmaganligi uchun kassaga topshirdim. Shu kuni men bilan birga kafeda yana ikki kishi – oshpaz va kafeni yopib ketadigan farrosh ishladi. Ertasiga kafe boshqaruvchisi menga qo’shg’iroq qilib, kafening orqa eshigi ochiq ekanligini va kassadan pul o’g’irlanganligini aytdi. Kafe boshqaruvchisi sodir bo’lgan holat yuzasidan militsiya xodimlariga xabar bermadi. Hech kim bu ish bilan keyinchalik shug’ullanmadi va o’g’irlangan pulni xodimlarning ish haqidan undirishni aytdi. yetkazilgan zararni ish haqimizdan undirishi to’g’rimi? Ushbu holat bo’yicha qaerga murojaat qilishimiz mumkin?
Sodir bo’lgan o’g’irlik holati bo’yicha kafe boshqaruvchisi militsiya xodimlariga xabar berishi lozim edi. Tekshirish o’tkazilmasdan kafe boshqaruvchisi hech kimning ish haqidan pul undirish huquqiga ega emas. Shuning uchun siz kafe joylashgan hududdagi tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin.