Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Mening otam korxona buxgalteri bo’lib ishlaydi. U necha yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqishi mumkin?

Mehnat kodeksining 289-moddasiga asosan, yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda:

•erkaklar – oltmish yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo’lmagan taqdirda,

•ayollar – ellik besh yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan taqdirda tayinlanadi.

Pensiya sug’urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, – mehnat staji kam bo’lganda ham tayinlanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa