Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - FHDYO organlari tomonidan dalolatnoma yozuvlarini qayd etishning rad etish asoslari va muddatlari?

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 9-bandiga (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) muvofiq dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:

– dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa;

– taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan tegishli qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;

– dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDYo organi o‘n besh kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim.

Shuningdek, Qoidalarning 10-bandiga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning rad qilinishi bo‘yicha bo‘ysunish tartibida adliya boshqarmalariga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Qoidalarning 11-bandiga asosan konsulning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda rad etish masalalari bo‘yicha harakatlari yuzasidan bo‘ysunish tartibiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonasi rahbariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki O‘zbekiston Respublikasi sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa