Qoidalarning 18-bandiga asosan, belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Agar tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi ariza belgilangan muddatdan o‘tkazilib berilgan bo‘lsa, tug‘ilish tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy ro‘yxatga olish daftariga qayd etiladi, bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, dalolatnoma yozuvi tartib raqami, sanasi bolaning haqiqiy tug‘ilgan yilidagi hamda joriy yilda yuritilgan Alfavit daftarlarga yozib qo‘yiladi.
Bunday hollarda FHDYo organi tug‘ilish faktini tasdiqlovchi hujjatga qo‘shimcha ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa hujjatlarni ham talab qiladi.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun FHDYo organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan ariza va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
– bolaning – tug‘ilganligihaqida tibbiy ma’lumotnoma;
– bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumotnoma;
– bolaning ta’lim olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
– tegishli FHDYo arxividan ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Shuningdek, 16 yoshdan oshgan, tug‘ilishi qayd etilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
Yuborilmoqda...