Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan bolaning tug‘ilishi qayd etish tartibi qanday?

Qoidalarning 20-bandiga asosan, Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan alohida hollarda FHDYo organi tug‘ilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas. Bunda hujjatlari bo‘lmagan ota yoki ona haqida ma’lumotlar nikoh tuzilganligi yoki avvalgi bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari asosida ko‘rsatiladi.

Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda bolaning tug‘ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.

Voyaga yetmagan ota-ona (ulardan biri)ning tug‘ilgan bolasi umumiy asoslarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa