Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganlishi qanday tartibida qayd etiladi?

Qoidalarning 28-30 bandlariga asosan topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

ichki ishlar organi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati to‘g‘risidagi dalolatnomasi;

tibbiy muassasaning topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotnomasi.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 28-bandida sanab o‘tilgan organlarning ko‘rsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va bolaning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.

“Belgilar uchun”ustuniga “Bola topilgan”yoki “Tashlab ketilgan”deb yoziladi va ota-onasi haqidagi ma’lumotlar kimning ko‘rsatmasiga asosan yozilganligi ko‘rsatiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa