Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning va O‘zbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish tartibi qanday?

Oila kodeksiga asosan FHDYo organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikohlarumumiy qoidalar asosida qayd etilgan.

Qoidalarning 95-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo‘lsagina amalga oshiriladi.

Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.

O‘zbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan MDH mamlakatlari fuqarosining, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi, agar shaxsini tasdiqlovchi hujjatda bunday belgi qo‘yish uchun joy mavjud bo‘lsa.

FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi bo‘lgan xorijiy davlatga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma belgilangan tartibda yuboriladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa