Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - Nikohdan o‘tishda FHDYoga to‘lanadigan davlat boji qancha?

“Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 5-bandidagi “a” kichik bandiga muvofiq nikohni qayd etganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Shuningdek, 2012 yil 25 apreldagi “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 119-son qaroriga muvofiq gerbli guvohnomalar berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.

Bundan tashqari, Adliya vazirining 2012 yil 15 martdagi 29-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga pulli xizmat ko‘rsatish haqidagi nizomga muvofiq nikohni sayyor ravishda tantanali qayd etganlik uchun (transport harajatlaridan tashqari) eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa