Oila kodeksining 37-moddasiga asosan, er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e’lon qilishi oqibatida nikoh tugaydi.
Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo‘li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.
Oila kodeksining 47-moddasiga asosan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.
Yuborilmoqda...