Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - O‘limni qayd etish tartibi qanday va qanday hujjatlar talab etiladi?

Oila kodeksining 223-moddasiga asososan O‘limni qayd etish marhumning yashash joyi yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘limni qayd etish mazkur qarorni chiqargan sud joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Hayotining birinchi haftasi davomida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.

O‘lim sodir bo‘lganligi haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.

O‘limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.

Oila kodeksining 225-moddasiga asosan, o‘limni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qarori, shuningdek marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

Bandan tashqari, o‘limni qayd etganlik va o‘lim haqidagi guvohnoma berganlik uchun davlat boji va gerb yig‘imi o‘ndirilmaydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa