Oila kodeksining 230-moddasiga muvofiq, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo‘lganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar bo‘lganida, ularni qayta tiklab qo‘yish tushuniladi. Kodeksning 231-moddasiga asosan, tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish haqidagi dalolatnomalar yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi.
Agar o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishi haqidagi yozuv yo‘qolgan bo‘lsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar o‘rtasida nizo bo‘lsa, yozuvni tiklash O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Yuborilmoqda...