Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddatlari qanday?

Qoidalarning 178-moddasiga asosan familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak. Uzrli sabablar (ishni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvi nusxalarining boshqa FHDYo organlaridan, ichki ishlar organlari xulosasining kechikib olinishi va boshqalar) mavjud bo‘lganda FHDYo organi mudiri ushbu muddatni bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirishi mumkin.

Shuningdek, Qoidalarning 165-167-bandlariga ko‘ra, FHDYo bo‘limi mudiri taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FHDYo organlaridan o‘zining talabi bo‘yicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalarini olganda yig‘ilgan hujjatlarni yig‘majildga tikadi va tegishli tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga jo‘natadi.Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 30 kun mobaynida o‘rganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FHDYo organiga taqdim etadi.

Ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirilishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa tuzilgan taqdirda ushbu holatning aniq sabablari ko‘rsatiladi.

Ichki ishlar organining xulosasini olgandan keyin FHDYo organi taqdim etilgan hujjatlar asosida familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish yoki o‘zgartirishni rad qilish to‘g‘risida asoslangan xulosa tuzadi.

Ichki ishlar organining xulosasida ariza beruvchi familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risida iltimos qilgan paytda tergov yoki sud ostida bo‘lganligi yoxud familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirilishi qonun hujjatlariga zid ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, FHDYo organi familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishni rad etishi va rad etish sababini yozma shaklda xabar qilishi kerak.

Familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilishi lozim.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa