Qoidlarning 206-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari dalolatnoma yozuvlarining birinchi va ikkinchi nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga topshirishlari kerak.
Qoidalarning 209-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari Toshkent shahar adliya boshqarmasining FHDYo arxivida, ikkinchi nusxalari esa – Toshkent viloyati adliya boshqarmasining FHDYo arxivida saqlanadi. Ushbu dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha keyingi harakatlar mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati adliya boshqarmalarining FHDYo arxivlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuborilmoqda...