Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Konsullik xizmatlari" - O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qaysi turdagi murojaatlari O`zbekiston Respublikasining konsullik idoralariga kelib tushishi mumkin?

Konsullik mansabdor shaxslari o`z vakolatlari doirasida notarial harakatlarni amalga oshiradilar, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro`yxatga oladilar, O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalasini hal qilishda ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash bilan bir qatorda, ular xorijiy mamlakatda amal qilib turgan qonunlar va istiqomat qoidalari to`g`risida axborot beradilar, favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan holatlarda xavfsizlikni ta’minlash bo`yicha ularga zarur tavsiyalarni beradilar va tegishli chora-tadbirlarni, zarur holatlarda mamlakatdan evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshiradilar.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy maqomi birinchi navbatda ular istiqomat uchun kelgan davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi. Bunday holatlarda fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo`yicha konsullik konventsiyalari va shartnomalarining qoidalari katta ahamiyat kasb etadi.

O`zbekiston Respublikasi konsullik xizmati imkon qadar ko`proq darajada insonga yaqin bo`lishga, uning huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga da’vat etilgandir. U voqea-hodisalarga va fitnalarga nisbatan omilkorlik bilan javob berishi, murakkab vaziyatga tushib qolgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga o`z vaqtida zarur axborotni berib turishi, kerakli muhofaza va yordam ishlarini amalga oshirishi shart. Ushbu masalani esa, fuqarolarning o`zga mamlakatda istiqomat qilish ishiga mas’uliyat bilan yondashmay turib samarali ta’minlab bo`lmaydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa