Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Konsullik xizmatlari" - Xorijga qisqa muddatli tashrif buyurgan holda, ya’ni O`zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining qisqa muddatga xorijga chiqish uchun ruxsatini olgan holda, ulardan xorijda doimiy yashab qolish uchun, o`sha mamlakatdan chiqmasdan turib, ruxsatnoma olish mumkinmi?

O`zbekiston Respublikasining vakolatli organlarining qisqa muddatga xorijga chiqish uchun ruxsatini olgan fuqarolari O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralariga xorijda doimiy yashab qolish uchun ruxsatnoma olish borasida murojaat etishlari mumkin, faqat bunda arizachilar o`zlari turgan mamlakatda legal maqomda istiqomat qilayotgan bo`lishlari shart.

Buning uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  • Erkin tarzda yozilgan ariza;
  • O’rnatilgan shakldagi anketa-ariza (konsuldan olinadi);
  • Pasportning barcha varaqlarining (shu jumladan bo`sh varaqlarning) nusxasi;
  • Tug`ilganlik to`g`risida guvoxnoma (yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi);
  • 14 yoshdan 18 yoshgacha farzandlari bo`lsa, va ular ota-onalari (yoki ulardan birontasi) bilan xorijdagi doimiy turar-joyga chiqib ketishga rozi bo`lsa, ularning ariza shaklidagi notarial tasdiqlangan roziliklari;
  • Nikoh to`g`risidagi guvohnoma (yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi);
  • Ota-onalarning. shuningdek erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziliklari (agar ular vafot etgan bo`lsa – vafotini tasdiqlovchi hujjatlar);
  • Erning (xotinning) voyaga yetmagan farzandlar bilan birga chiqish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda, xotinning (erning) notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi shart (hatto ota-ona nikohi qayd etilmagan bo`lsa ham);
  • 6 ta fotosurat (shuningdek, farzandlar ham birga rasmiylashtirilayotgan holda, har bir farzand uchun ham);
  • Konsullik yig`imi, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imi to`langanligi to`g`risidagi pattaning nusxasi
  • Boshqa hujjatlar (O`zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari so`roviga muvofiq)
Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa