Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Konsullik xizmatlari" - Xorijiy mamlakatga doimiy yashashga chiqib ketgan O’zbekiston fuqarolaridan pasport almashtirish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Arizachilar O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni murojaat e’tish maqsadidan kelib chiqqan xolda taqdim e’tadilar:

16 yoshga to’lganlik munosabati bilan:

  • Tug’ilganlik xaqida guvoxnoma asli, nushasi bilan;.
  • Ota-ona pasportlarining yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusha.
  • Ota-onasidan birining pasportining nusxasini taqdim qilish imkoni bo’lmasa, unda bu holni tasdiqlovchi ma’lum bir hujjat nushasi, jumladan, o’lim xaqida guvoxnoma, nikox bekor qilingani, ichki ishlar organlaridan ushbu shaxsni dom-daraksiz yo’qolgani tan olingani to’g’risidagi ma’lumotnoma va xokazolar
  • 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to’ldiriladi).
  • 35x45 mm. xajmida 4 dona fotosurat;
  • Arizachi to’g’risida ma’lumot kiritilgan manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nusxasi (MDX mamlakatlari uchun).
  • Ota-onadan biri chet el fuqarosi bo’lsa, ushbu xorijiy mamlakat fuqarosining farzandini O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olishiga roziligi xaqida legalizatsiya qilingan arizasi (MDX mamlakatlari uchun notariusda tasdiqlangan);
  • Arizachining doimiy konsullik ro’yxatiga olingani qayd qilingan kartochka nusxasi;

Pasportning muddati tugaganligi, foydalanish uchun yaroqsiz xolga kelganligi, vizalar va mahsus belgilar uchun mo’ljallangan varaqlarni to’lganligi munosabati bilan:

Pasportning yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlari nushasi;

1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi);

35x45 mm. xajmida 4 dona fotosurat;

Arizachini chet e’lga doimiy yashashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat – pasportdagi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan “Doimiy yashashga chiqishga ruhsat berildi” yozuvli stikeri yoki MDX mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun e’sa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nushasi;

Pasportni yo’qolganligi munosabati bilan:

  • Pasport nushasi (mavjud bo’lsa);
  • 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi);
  • 35x45 mm. xajmida 4 dona fotosurat;
  • Pasportning yo’qolganlik holatini batafsil bayon qilingan ariza;
  • Arizachi tomonidan to’ldirilgan shahsni tasdiqlash uchun so’rovnoma anketasi;
  • chet e’l xuquqni ximoya qilish organlari tomonidan berilgan arizachining pasport yo’qotilgani borasida murojaat qilgani xaqida ma’lumotnomasi.

Familiya, ismi va otasining ismini o’zgartirish munosabati bilan:

  • Pasportning yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusha;
  • 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi);
  • 35x45 mm. xajmidagi 4 dona fotosurat;
  • Arizachini chet e’lga doimiy yashashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat – pasportdagi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan “Doimiy yashashga chiqishga ruhsat berildi” yozuvli stikeri yoki MDX mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun e’sa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nushasi;

Izoh: Fotosurat sifatli qog’ozda bosmalangan bo’lishi kerak (Kodak, Agfa, Konica, Epson va x.kz.) fotokameraga to’g’ri qaragan holatda (anfas), bosh kiyimsiz. Kiyimning oldi qismi ortiqcha ochiq bo’lishi qabul qilinmaydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa