Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Konsullik xizmatlari" - O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari tomonidan xorijda tahsil olayotgan talabalar O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirishi yoki almashtirishi mumkinmi?

Xorijda tahsil olayotgan va chet el mutasaddi tashkilotlari tomonidan talaba(o’quvchi) maqomida ro’yxatdan o’tgan, hamda uzrli sabablarga ko’ra O’zbekiston Respublikasiga kelib o’z turar joylaridagi ichki ishlar bo’limlariga murojaat qila olmaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport almashtirish va unga chet elga chiqishga ruxsat stikeri kiritish bo’yicha konsullik muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

Pasport almashtirish va chet elga chiqish stikeri rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi :

  • 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to’ldiriladi);
  • 8 dona fotosurat;
  • o’quv muassasidan ma’lumotnoma tasdiqlangan tarjimasi bilan;
  • 30-Shakl (arizachi tomonidan 2 nusxada to’ldiriladi);
  • O’zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidagi tuman Mudofaa ishlari bo’limi tomonidan chet elga chiqishga ruxsat berilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma va xarbiy xisobga olish yoki xarbiy guvoxnomaning nusxalari.
  • Konsullik yig’imlari va xaqiqiy harajatlar qoplanganligiga oid to’lov chiptasi.

O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan horijda tahsil olayotgan pasportlarini yo’qotgan talabalardan yangi pasport rasmiylashtirish uchun hujjatlar qabul qilinmaydi. Bunday xollarda ularga vatanga qaytish guvohnomalari beriladi va ular yo’qotilgan pasport o’rniga yangi pasport rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joylaridagi ichki ishlar bo’limlariga murojaat qiladilar.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa