Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Konsullik xizmatlari" - O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralarida nikohni bekor qilish mumkinmi va buning uchun nimalar kerak bo`ladi?

O`zbekiston Respublikasining O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan fuqarosi O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan turmush o`rtog`i bilan uning fuqaroligidan qat’iy nazar, O`zbekiston Respublikasi sudi orqali nikohni bekor qilishi mumkin.

Er-xotin o`rtasida mulkiy kelishmovchiliklar va voyaga yetmagan farzandlar (shu jumladan, farzandlikga olingan bolalar) mavjud bo`lmagan holatlarda, nikohdan ajrashish O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi fuqarosini nikohdan ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati (nikohdan ajrashayotganlarning har ikkisi ham konsullikka tashrif buyurishi shart):

  • Nikohdan ajrashish to`g`risida ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
  • Nikohdan ajrashayotganlarning pasportlari.
  • Nikoh qayd etilganligi to`g`risidagi guvohnoma.
Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa