Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Konsullik xizmatlari" - Xorijda istiqomt qilayotgan vaqtda familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish mumkinmi, bu harakatni qanday holatlarda amalga oshirish mumkin?

Xorijda doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarning arizalari konsul tomonidan ko`rib chiqiladi. Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza arizachi tomonidan u 16 yoshga to`lganidan keyin taqdim etilishi mumkin (arizachining tashrifi majburiy).

Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza quyidagi hollarda ko`rib chiqiladi:

  • agar familiyasi, ismi va otasining ismi hunuk bo`lsa;
  • agar familiyasi, ismi va otasining ismi millatiga mos bo`lmasa;
  • o`z xohishiga ko`ra nikohgacha bo`lgan familiyani qaytarish ixtiyor qilinsa (nikohda turgan holatda ham, nikoh bekor qilingandan keyin ham);
  • oila uchun umumiy familiyani olish istagi tug`ilganda (agar nikoh tuzilayotganda er-xotin umumiy familiyani tanlagan bo`lmasa);
  • konsul uzrli deb hisoblagan boshqa holatlarda.

Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxati:

  • Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
  • Arizachining tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi.
  • Agar arizachi nikohlangan bo`lsa, nikoh tuzilganligi to`g`risidagi guvohnoma, agar ajrashgan bo`lsa, nikohdan ajrashganligi to`g`risidagi guvohnoma.
  • Agar arizachining voyaga yetmagan farzandlari bo`lsa, bolaning tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnomalari.
  • Pasportdan yoki arizachining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdan ko`chirma.
  • Agar arizachi voyaga yetmagan bo`lsa (16 yoshdan 18 yoshgacha), yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa, ota-onasining, yoki vasiyning, yohud homiyning arizasi.
  • 1 ta fotosurat (3x4 hajmli).
  • Voyaga yetmagan (16 yoshdan 18 yoshgacha) shaxslar uchun, shuningdek ota-onasining roziligi ham talab etiladi.

Agar 16 yoshga to`lgan shaxs pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgunga qadar familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risida ariza bersa, arizaga tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va tug`ilganlikni qayd etish dalolatnomasining nusxasi ilova qilinadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa