Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Konsullik xizmatlari" - Xorijda yashab turib qayd etish dalolatnomalariga o`zgartishlar kiritish mumkinmi, va buni qanday hollarda amalga oshiriladi?

Xorijda istiqomat qilayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qayd etish dalolatnomalariga o`zgartish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi arizalari konsullik muassasalari tomonidan ko`rib chiqiladi.

  • Qayd etish dalolatnomalariga o`zgartish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati (arizachining tashrifi majburiy).
  • Qayd etish dalolatnomalariga o`zgartish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
  • So`rovning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan pasport nusxasi, o`zgartirilishi talab etilayotgan guvohnomalarning asli.
  • Quyidagi zarur holatlarda so`rovning asoslanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar:

a) «O`zbekiston Respublikasining davlat tili to`g`risida’gi qonunining 15-moddasiga muvofiq familiyasini, ismini, otasining ismini milliy an’analarga muvofiq yozib qo`yish istagi izhor etilganda;

b) otalikni belgilashda;

v) farzandlikka olishda;

d) voyaga yetmagan farzandning familiyasini ota-onasining o`zaro roziligi asosida o`zgartirilgan holatda (shuningdek ota-onalar tomonidan nikohdan ajrashilganda), yoki hokim qarori asosida;

e) millatni o`zgartirilganda;

f) nikohda turmagan ona farzandning otasi to`g`risidagi ma’lumotlarni o`zgartirish to`g`risida ariza berganda (farzand 16 yoshga kirgunga qadar);

g) sud tomonidan otalikning belgilanishini yoki farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topilganda;

h) ota-onasining familiyasi, ismi, otasining ismi o`zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan farzandning familiyasi, ismi, otasining ismi o`zgartirilganda;

i) imlo xatolar va noaniqliklar mavjud bo`lganda, shuningdek tug`ilgan joyi va vaqti, otasining ismi ko`rsatilmagan holatlarda;

j) 16 yoshga to`lmagan farzandning ismi va familiyasi o`zgartirilganda, agar uning ismi va familiyasi ota-onasining istagini hisobga olmagan holda berilgan bo`lsa;

k) qaydnomada ismi qisqartirilgan yoki erkalash shaklida yozilgan bo`lsa;

l) boshqa zarur hollarda.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa