Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Bandlik" - Haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish tartibi qanday?

Haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash, shuningdek ishsiz shaxslarning bunday ishlarda ishtirok etishi tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyulda 353-son qarori bilan tasdiqlangan Haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to'g'risidagi Nizomga muvofiq tartibga solinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifiga ko'ra va ularning ishtirokida aholini ish bilan ta'minlash maqsadida o'z mulkidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda haq to'lanadigan jamoat ishlarining amalga oshirilishini tashkil etadilar.

Mehnat organlarida ro'yxatga olingan va ishsiz deb e'tirof etilgan fuqarolar bilan haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun keyinchalik uzaytirish huquqi bilan ikki oy muddatgacha bo'lgan muddatli mehnat shartnomalari tuziladi.

Jamoat ishlarini bajarish chog'ida fuqarolarga bajarilayotgan ishga qarab, biroq o'n besh foizga oshirilgan ishsizlik nafaqasidan kam bo'lmagan miqdorda haq to'lash, ana shu ishlar muddatini umumiy mehnat stajiga qo'shish, pensiya ta'minoti va vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan nafaqalar olish huquqi kafolatlanadi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa