Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Bandlik" - Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tartibi qanday va u kim tomonidan moliyalashtiriladi?

Mehnat organlarida ro'yxatga olingan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:

ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo'lmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo'lmasa;

ishsiz shaxsning kasb ko'nikmalariga mos keladigan ish yo'qligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashg'ulot turini) o'zgartirish zarur bo'lsa;

ishsiz shaxs avvalgi kasbi bo'yicha ish bajarish qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o'quv yurtlarida mehnat organlarining yo'llanmalari bo'yicha Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa