Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Bandlik" - O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi hamda chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati qaysi idora tomonidan amalga oshiriladi?

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shug'ullanish, mustaqil ish qidirish va ishga joylashish huquqiga ega.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat hududidan tashqarida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bo'yicha xo'jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar tomonidan amalga oshiriladi.

Chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 19 oktyabrdagi 408-son va 2003 yil 12 noyabrdagi 505-son qarorlariga, O'zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni qo'llash tartibi haqidagi yo'riqnomaga (ro'yxat raqami 285, 20.11.1996 y.) muvofiq amalga oshiriladi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa