Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » Yagona portal: natija va istiqbollar
01.07.2014

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan ushbu mavzuda matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbir 2013-yil 1-iyuldan internet tarmog‘idagi my.gov.uz manzilida o‘z faoliyatini boshlagan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirilganining bir yilligiga bag‘ishlandi. Ushbu portalning foydalanishga topshirilishi va uni izchil rivojlantirish Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida axborot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi vakillari o‘tgan bir yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasini sarhisob qildi. Chunonchi, o‘tgan davrda ushbu tizimga davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, jumladan, tuman va shahar hokimliklarining besh yuzdan ziyod tashkiloti ulandi. Yagona portalda ikki yuzga yaqin, xususan, davlat organlari rahbariyati qabuliga yozilish, bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, biometrik pasport olish uchun ariza topshirish, tadbirkorlarga mo‘ljallangan va boshqa ko‘plab xizmatlar joriy etildi.

O‘tgan davr mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanuvchilar tomonidan davlat tashkilotlariga qariyb 20 ming murojaat jo‘natilib, ulardan 85 foizi ko‘rib chiqildi va javob qaytarildi. Qolgan 15 foizi esa ko‘rib chiqilmoqda. Jami murojaatlarning 11 foizga yaqini yuridik shaxslardan kelib tushgan.

Ta’kidlash lozimki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “1060” va “8-800-200-1818” raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘lgan “call-center” xizmatiga ega. Mazkur raqamlardan foydalanib, davlat organlariga ariza, shikoyat va takliflar jo‘natish mumkin. Bugungi kungacha “call-center” orqali davlat organlariga 7500 dan ziyod murojaat yuborilgan.

Matbuot anjumanida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining amalga tatbiq etilgani davlat organlarining fuqarolar murojaatlarini, xizmatlardan foydalanish uchun kelib tushayotgan arizalarni ko‘rib chiqishga nisbatan yondashuvini tubdan o‘zgartirgani ta’kidlandi. Shu bois portalni takomillashtirish borasidagi ishlar aholining ehtiyoji inobatga olingan holda davom ettiriladi.

www.uza.uz

Поделиться

35691 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa