Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » Bojxona to'lovlari bo'yicha o'zaro hisob-kitoblar to'g'risida ma'lumot taqdim etish
31.07.2014

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qo'shimcha imkoniyatlarni yaratish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Yagona portalda O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan hamkorlikda yangi “Bojxona to'lovlari bo'yicha o'zaro hisob-kitoblar to'g'risidagi ma'lumotni taqdim etish” xizmati joriy etildi. Mazkur xizmat yordamida Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bo'lgan tadbirkorlar aynan bojxona to'lovlari bo'yicha hisob-kitoblar to'g'risidagi ma'lumotlarni olish imkoniga ega bo'ladilar. Jumladan:

  • ma'lum bir davr boshlanishidagi qoldiq;
  • qarzdorlik ko'rsatkichlarini ko'rsatgan holda bojxona to'lovlari to'g'risidagi ma'lumotlar (Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining Davlat bojxona qo'mitasi oldidagi qarzlari);
  • ma'lum bir davr tugashidagi qoldiq.

Olingan ma'lumotni PDF formatida solishtiruv dalolatnomalari ko'rinishida saqlab qo'yish imkoniyati mavjud.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portal yangiliklaridan voqif bo`ling!

Поделиться

21920 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa