Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » Yagona portalda elektron to`lovlar
08.09.2014

Yagona portalda endi ayrim xizmatlar, xususan elektr energiyasi, maishiy chiqindilar, sovuq suv va tabiiy gaz uchun to`lovlarni «SMS-To`lov» tizimi orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Yagona portal foydalanuvchilari o`z bank kartalarini portalda ro`yxatdan o`tkazgan holda o`z shaxsiy kabinetlariga kirib, menyuda tasvirlangan “Xizmatlar to’lovi” bandi, undan so’ng «SMS-To`lov» tugmasini bosib ushbu xizmatni faollashtirishlari mumkin.

Ushbu qadamlardan so`ng foydalanuvchiga «SMS-To`lov» tizimi yordamida elektr, maishiy chiqindilar, suv va gazdan foydalanganlik uchun to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

Yaqin kelajakda Yagona portalda yana boshqa turdagi to`lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portal yangiliklaridan voqif bo`ling!

Поделиться

15799 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa