Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » Pensiya va nafaqa miqdori haqida ma’lumotnoma olish uchun elektron ariza yuborish
13.11.2014

Yagona portalda Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan «Pensiya va nafaqa miqdori haqida ma’lumotnoma olish uchun elektron ariza yuborish» yangi xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Fuqarolar bunday ma’lumotnomani olishlari uchun onlayn arizani toʻldirishlari va Yagona portal orqali byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga yuborishlari kifoya. Ariza koʻrib chiqilgach, fuqarolar tayyor ma’lumotnomani olishlari uchun 10 ish kuni mobaynida Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (yohud qonuniy vakilning vakilligini tasdiqlovchi hujjat)larini koʻrsatgan holda murojaat etishlari mumkin.

Ushbu xizmatdan Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan nafaqa va yordam pulini oluvchi fuqarolar, shuningdek, ularning qonuniy vakillari foydalanishlari mumkin.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portal yangiliklaridan voqif boʻling!

Поделиться

21618 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa