Aholi va tadbirkorlik subyektlariga “bir oyna” tamoyili asosida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatadigan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirilganidan xabaringiz bor. Hozirda ushbu yagona portal fuqorolarga ishonchli va qulay interaktiv xizmatlarni ko’rsatib kelmoqda. Saytda iqtisodiyot va jamiyat hayotining turli jabhalarini o‘z ichiga olgan qirqdan ziyod xizmat taqdim etilgan. Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun turli sohalarda tegishli litsenziyalar olish uchun arizalarni jo‘natish xizmati tashkil qilingan. Xizmatlar soni yanada ko’payib bormoqda.
Yagona portalda asosiy e’tibor fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga qaratilganligi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlariga murojaatlarini taqdim etishlari mumkin ekanligi taqsimga sazovor. Eslatib o’taman yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013-yilning 1-iyul sanasi kuni ishga tushirilgan.
Yagona portal qulayliklari
Yagona portalga murojaatnomalar yuborish juda ham oson va qulay.
Murojaatnoma yuborish 5 ta qadamdan iborat. 1-qadamda siz ariza kim tomonidan to`ldirilayotganini tanlaysiz, 2-qadamda o’zingiz haqingizda ma’lumotlarni to’ldirasiz, 3-qadamda tashkilotni tanlaysiz, 4- qadamda formani to’ldirasiz va 5- qadamda o’z murojaatnomangizni yuborishingiz mumkin bo’ladi.
Fuqorolar yagona portalda qulay forma orqali xizmatlarni taklif qilish imkoniyatiga ega. Qo’shimchasiga siz taklif etilgan xizmatlarga ovoz berishingiz mumkin.
Yagona portalning quyi qismida statistika joy olgan. Unda kelib tushga arizalar soni va yana shunga o’xshash ko’rsatgichlar joy olgan. Buni yagona portaldan olingan lavhada ko’rishingiz mumkin. Bu ko’rsatgichlar kundan kunga o’sib bormoqda.
Portaldan ishonch telefonlari qatori ham joy olgan.
Yagona portalda ko’p beriladigan savollarga javob topish ham mumkin.
Bundan tashqari yagona portalda tashkilot saytlarining top reytingi, oxirgi bo’sh ish o’rinlari haqida, portalda yangi joriy qilingan xizmatlar bilan tanishish mumkin. Ayniqsa bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotga ega bo’lish imkoniyati mavjudligi ayni muddao.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ish o’rinlari bilan to’liq tanishish mumkin, misol qilib men dasturchi ish o’rnini keltiraman.
Quyidagi lavhada dasturchi uchun ishga joylashish uchun qo’yilgan ta’lablarni, vazifalarini va qaysi tashkilotga ishga qabul qilinishi ko’rishimiz mumkin.
Agarda siz shu kasblardan birini egasi bo’lsangiz o’z rezumengizni yuborishingiz mumkin. Yani ishga joylashish uchun o’zingiz haqidagi ma’lumotlarni yuborish. Buning uchun “Rezume yuborish” tugmasidan foydalanish kifoya.
Shundan so’ng o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlar yuborishingiz mumkin.
Rezumeni yuborish beshta qadamdan iborat.
Murojaatlarga javob juda qulay usullar bilan olish imkoniyati ya’ni SMS orqali yoki elektron pochta orqali ekanlgini shaxsan menga juda ham ma’qul bo’ldi.
Yagona portalning yana bir qulaylik tomonlaridan biri bu my.gov.uz portali TAS-IX tizimida joylashganidir.
TAS-IX
Yagona portalga kirish va ro’yhatdan o’tish yagona identifikatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yagona portaldan foydalanuvchilar uchun qulaylik tug’diradi.
Yagona portaldagi qidiruv tizimi ham ximatlarni tez va oson topishni ta’minlaydi, u orqali portalda mavjud bo’lgan xizmatlar va tashkilotlar bo’yicha qidirish mumkin.
Uydan chiqmagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish naqadar qulay…
Yaqinda yagona portalda xato haqida xabar berish uchun Ctrl+Enter klavishlarini ketma-ketligini amalga oshirish orqali xatoliklarni aniqlab portal ma’muriyatiga jo’natish imkoniyati mavjud bo’ldi. Men o’zim shaxsan bundan juda ham xursandman.
Yagona portaldagi kamchiliklar
Yagona portalning O’zbekcha versiyasida ba’zi imloviy xatolar ham mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bunga misol qilib “Tanlov” sahifasini aytishim mumkin.
Yagona portalda bunda imloviy xatolar uchrab turibdi, ayniqsa O’zbek tili interfeysida. Keyin O’zbekcha til intefeysi to’laligicha o’zbek tiliga o’tkazilmagan. Xatoliklar aks ettirilayotda buni ko’rish mumkin.
Bu hali hammasi emas, yagona portalda o’zbek tilidagi interfeysda ko’plab imloviy xatolarga yo’l qo’yilganligini ko’rish mumkin.
Yagona portalga menimcha sayt iconkasi yetishmaydi.
Saytning yuqori qismiga ushbu suratni (icon) qo’yilishini xohlar edim.
Menimcha shunday qilinsa sayt juda ham ko’rkam ko’rinishga kelgan bo’lar edi. Ya’ni shunday bo’lganida:
Takliflar
Men yagona portalga mobil versiya ishlab chiqishni taklif qilaman. Chunki hozirgi kunda ommalashib borayotgan smartfonlar, planshetlar va shunga o’xshash qurilmalar Android OS lar tobora takomillashib bormoqda. Xizmatlaridan foydalanish yanada kengaytirish maqsadida Android tizimida ishlaydigan dastur tuzishni. Bundan tashqari, yagona portal informerlarini ishlab chiqishni ham taklif qilaman. Bu borada Rossiya Federatsiya portalini misol qilib keltiryabman, u yerda bu funksiyalar mavjud ekan.
www.gosuslugi.ru/pgu/ Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatlari portalidan dastur orqali foydalanish
Bu esa foydalanuvchilar uchun juda katta qulayliklar yuzaga keltiradi. Hozirgi kunda ko’pchilik Android platformasida ishlaydigan qurilmalarga ega. Har joyda kompyuterdan uzoqda ham, o’z mobil qurilmangiz bilan yagona portal yangiliklaridan, xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lgan bo’lar edi. O’ylaymanki bu takliflar yagona portal faoliyatini yanada kengaytirish uchun turtki bo’ladi.
Bundan tashqari yagona portaldan foydalanishni o’rganish maqsadida, o’rgatuvchi video rolilar sahifasini tuzishni va unga portalda qanday qilib xizmatlardan foydalanish mumkin, qay tarzda murjaatnoma yuborish kerak ekanligi aks etgan video rolik joylanishini taklif qilaman. Misol qilib ushbu lavhani keltirishim mumkin.
www.gosuslugi.ru/pgu/ Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatlari portalidagi o'rgatuvchi video roliklar
Yagona portalga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilab, Ahmadxon Qodirov!
37268 marta ko`rilgan
Yuborilmoqda...