Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Portalda raqamli imzo yordamida ro'yxatdan o'tish

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) elektron murojaatlarni imzolash uchun Davlat soliq qo’mitasi (DSQ) tomondan berilgan elektron raqamli imzodan (ERI) foydalaniladi.

Elektron raqamli imzodan foydalanish haqida, xususan, uni qaerdan va qanaqa tartibda olish bo’yicha batafsil ma’lumotlar www.e-imzo.uz saytida joylashtirilgan.

Quyida ERI yordamida ro’yxatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma keltirilgan.

Jarayon bir nechta majburiy bosqichlardan iborat bo’lib, bu haqda quyida bayon etiladi.

1-bosqich. ERI bilan ro’yxatdan o’tmoqchi bo’lgan foydalanuvchi E-IMZO dasturini yuklab olishi va uni o’z shaxsiy (ish yoki uy) kompyuteriga o’rnatishi lozim. E-IMZO modulini o’rnatish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

2-bosqich. Yagona portalda DSQ tomonidan berilgan ERI yordamida ro’yxatdan o’tish va ishni boshlashdan oldin foydalanuvchi DSQ tomonidan berilgan ma’lumotlar kiritilgan ko’chma qurilmani (flesh-karta) kompyuterning USB-portiga ulashi zarur. Bunda DSQ tomonidan berilgan ma’lumotlar joylashgan DSKEYS papkasi ko’chma qurilmaning (flesh-karta) asosiy papkasida joylashgan bo’lishiga e’tibor berishingiz zarur.

3-bosqich. Ro’yxatdan o’tish jarayonini davom ettirish uchun my.gov.uz bosh sahifasida «Ro'yxatdan o'tish» tugmasi tanlanadi.

Oynada ro’yxatdan o’tish usullari ko’rsatilgan menyu paydo bo’ladi.

4-bosqich. Oynada shakl paydo bo’ladi, uni to’ldirish zarur.

«Elektron raqamli imzo» maydoni shu kompyuterda mavjud ERI ro’yxatidan tanlanadi. Ro’yxat sichqonchaning chap tugmasi bilan«Elektron raqamli imzo» maydonini bosganda paydo bo’ladi.

So’ng foydalanuvchining tegishli pasport ma’lumotlari kiritiladi. Foydalanuvchining ismi, sharifi va otasining ismi ma’lumotlari ERIda ko’rsatilgan ma’lumotlarga aynan mos bo’lishi zarur.

Murojaatni ko’rib chiqish jarayoni hamda uning natijasi to’g’risida ma’lumotni foydalanuvchi qaysi elektron manzil orqali olmoqchi bo’lsa, shu elektron manzil ko’rsatiladi.

Barcha ma’lumotlar kiritib bo’lingandan so’ng «Ro’yxatdan o’tish» tugmasi bosiladi..

Yuqoridagi amallardan so’ng foydalanuvchi Yagona portalda DSQ tomonidan berilgan ERI orqali ro’yxatdan o’tgan hisoblanadi va u Yagona portal xizmatlaridan foydalanishi, xususan, davlat tashkilotlariga bevosita murojaat yuborishi va boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Keyinchalik Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchun unga ERI orqali kirishning o’zi kifoya.

Buning uchun ro’yxatdan faqat o’ziga tegishli «ERI» tanlanadi.

Bundan so’ng «ERI orqali kirish» tugmasi bosiladi va foydalanuvchi Yagona portalda ro’yxatdan o’tgan hisoblanadi. Endi u bevosita murojaat yuborishi va boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa