Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Ichki ishlar vazirligi Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ko'rib chiqilayotgan huquqbuzarliklar va jarimalar miqdori to'g'risida ma'lumot

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi moddalari

Huquqbuzarlik turi

Eng kam ish haqining miqdorida jarima qiymati

223-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish

223-modda 1-qism

Pasporti bo’lishi shart bo’lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo’lmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo’yicha hisobda turmasdan yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yo’qolishi

eng kam ish haqining uch baravari

(449325so'm)

223-modda 2-qism

Fuqarolarning yo’qolganligi to’g’risida o’zlari ariza bergan o’z pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli pasportlardan g’arazli maqsadlarda foydalanishi

eng kam ish haqining besh baravari

(748875so'm)

223-modda 3-qism

Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo’lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo’lmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz, turgan joyi bo’yicha hisobda turmasdan yashashiga yo’l qo’yishi, xuddi shuningdek fuqarolarning o’z turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo’yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo’l qo’yishi

eng kam ish haqining o’n baravari

(1497750so'm)

223-modda 4-qism

Pasportsiz yoki haqiqiy bo’lmagan pasport bilan, xuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo’yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish, shuningdek fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo’yish yoki ularning pasportlarini garovga olish

eng kam ish haqining o’n besh baravari

(2246625so'm)

223(1)-modda 1-qism Fuqarolarning yo’qolganligi to’g’risida o’zlari ariza bergan o’z pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli bo’lgan pasportlardan g’arazli maqsadlarda foydalanishi eng kam ish haqining o’n baravari

(1497750so'm)

223(2)-modda 1-qism

Pasportsiz yoki haqiqiy bo’lmagan pasport bilan fuqarolarni, xuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo’yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish

mansabdor shaxsga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha

(1497750- 2246625so'm)

223(2)-modda 2-qism Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa mansabdor shaxsga eng kam ish haqining yigirma baravari

(2995500so'm)

223(3)-modda 1-qism

Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo’yish yoki pasportlarni garovga olish

mansabdor shaxsga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha

(1497750- 2246625so'm)

224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo’lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish

224-modda 1-qism

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo’lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish

eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha

(149775- 449325so'm)

224-modda 2-qism

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo’lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yo’l qo’yish

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha

(449325- 748875so'm)

mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o’n baravarigacha

(748875- 1497750so'm)

225-modda. O’zbekiston Respublikasida bo’lish qoidalarini buzish

225-modda 1-qism

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxsning O’zbekiston Respublikasida bo’lish qoidalarini buzishi, ya’ni O’zbekistonda yashash huquqini beradigan hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo’lmagan hujjatlar bilan yashashi, vaqtincha yoki doimiy propiska, ko’chish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmasligi, bo’lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo’yin tovlashi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o’tish tartibiga rioya qilmasligi

eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha

(7488750- 14977500so'm)

225-modda 2-qism

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasida bo’lishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni qabul qilish tartibining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi

mansabdor shaxsga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yuz ellik baravarigacha

(299550- 22466250so'm)

225-modda 3-qism

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni xususiy ish bilan O’zbekiston Respublikasiga taklif qilgan fuqaro tomonidan mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan o’tishlarini, shuningdek ular shu yerda bo’lishining belgilangan muddati o’tgach chiqib ketishlarini ta’minlashga mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan o’tishlarini, shuningdek ular shu yerda bo’lishining belgilangan muddati o’tgach chiqib ketishlarini ta’minlashga doir choralar ko’rilmasligi, shuningdek uy-joy, transport vositalari berib qo’yilishi yoxud boshqa xizmatlar ko’rsatilishi, agar bu O’zbekiston Respublikasida bo’lish qoidalarining buzilishiga olib kelishi oldindan ayon bo’lsa

eng kam ish haqining o’n baravaridan yuz baravarigacha

(149775- 14977500so'm)

225(1)-modda

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan ularga nisbatan O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risida qabul qilingan sud qarorlarini bajarmaslik

eng kam ish haqining etmish baravaridan yuz baravarigacha, yoxud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish

(10484250- 14977500so'm)

226-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish

226-modda 1-qism

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni so’rab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish

qonunga xilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha

(449325- 748875so'm)

226-modda 2-qism

Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o’n baravarigacha

(1048425- 1497750so'm)

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa