Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Ro`yxatdan o`tish

Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchun Siz quyidagi ro`yxatdan o`tish usullaridan birini tanlashingiz mumkin:
  1. SMS-tasdiqlash orqali. Aktivatsiya kodini mobil telefonga SMS-xabar orqali olish mumkin.
  2. ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi yordamida.
  3. Elektron raqamli imzo yordamida.
  4. UzCard yordamida.
Ro`yxatdan o`tish usullaridan birini tanlashdan oldin Yagona portal xizmatlaridan foydalanish qoidalari (shartlari) bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Ro'yxatdan o'tish usullaridan birini tanlang

SMS-tasdiqlash orqali

ID.UZ tizimi orqali

Elektron raqamli imzo orqali

UzCard yordamida



Yagona portalda ro`yxatdan o`tish orqali, Siz Portaldan foydalanish qoidalariga rozi ekanligingizni tasdiqlaysiz

Yagona portaldan foydalanish qoidalari

Hurmatli foydalanuvchi!

Yagona portal Sizga davlat tashkilotiga tashrif buyurishdan yoki qog`oz tarzda xat yuborishdan qulayroq bo`lgan davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo’ymoqchimiz.

Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unitmasligingizni so`raymiz:

  1. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, o`zi to`g`risida xato ma'lumotni bergan yoki murojaatning mohiyatini ko`rsatmagan foydalanuvchilarning murojaatlari ko`rib chiqilmaydi.
  2. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiO`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 40 - 41-moddalari,O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139 - 140 va 237-moddalariga muvofiq murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi. 
  3. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq bila turib yolg`on ma'lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko’rib chiqishda davlat organi tomonidan qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko’ra undirib olinishi mumkin.

Shu bilan bir qatorda, agar davlat organi Sizga masalangiz bilan bog`liq bo`lmagan javobni yo`llaganida, qonunchilikda belgilangan muddatlarni buzganida, Sizning murojaatingiz bo`yicha asossiz yoki qonunga zid bo`lgan qaror qabul qilganida, yoki boshqa yo`l bilan Sizning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risidagi qonunchilikda belgilangan huquqlaringizni buzganida va boshqa shu kabi holatlarda Siz yuqori turuvchi tashkilot, yoki sudga bunday xatti-harakatlar ustidan shikoyat bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to`g`risida Nizomiga asosan davlat organlari fuqaro murojaatlarini rad etishlari mumkinligini eslatib o`tamiz. Quyidagilar foydalanuvchining shaxsiy kabinet orqali tushgan murojaatini ko`rib chiqishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

  • odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yohud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma'nosi bo`lmagan takliflar va shunga o`xshash murojaatlar);
  • murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo`lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo`lmagan murojaatlar.

Tashkilot tomonidan murojaatni ko`rib chiqish rad etilganida bir ish kuni mobaynida murojaatni ko`rib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari ko`rsatilgan holda foydalanuvchiga elektron shaklda rad etish to`g`risida xabarnoma yuboriladi.

Davlat organi bitta va aynan o`sha foydalanuvchining bir necha bor ushbu masala bo`yicha javob bergan murojaatini, agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo`lsa, ko`rib chiqilmaydi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa