Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar.
Manzil: 100066, Toshkent sh., Islom Karimov ko`chasi 55
Telefon: (+ 99871) 239-44-46
Faks: (+ 99871) 239-47-84
Web sayt: gkk.uz
Litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasi ko'rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig'im undiriladi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilganligi to`g`risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to`lash muddati ko`rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. (topshiriladi)
Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Yuborilmoqda...