Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxsga — rieltorga litsenziya faqat ko'chmas mulk bozorida axborot va maslaxat xizmatlari ko'rsatish huquqiga beriladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bog`lanish

Manzil: 100066, Toshkent sh., Islom Karimov ko`chasi 55



Telefon: (+99871) 239-44-46



Fax: (+99871) 239-47-84



Web sayt: gkk.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


- litsenziya berish to'g'risida ariza, unda quyidagilar ko'rsatiladi:



yuridik shaxs uchun - nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), xizmat ko'rsatadigan bankning nomi, bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami, muassislarining (qatnashchilarining) ro'yxati, ularning manzillari va faoliyati turlari;



jismoniy shaxs uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportining ma'lumotlari; litsenziya talabgori amalga oshirishni mo'ljallayotgan rieltorlik xizmatlarining turi (turlari);



- litsenziya talabgorining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;



- litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig'im to'langanligini tasdiqlovchi to'lov hujjatining nusxasi;



- asosiy ish joyi bo'yicha shtatdagi rieltorlarni ishga qabul qilish to'g'risidagi mehnat daftarchasi va buyruqlarning yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan nusxalari;



- litsenziya talabgori shtatida turgan xodimlarning rieltorlar malaka sertifikning nusxasi;



- rieltorlik faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda ustav kapitalining to'liq shakllantirilganligidan dalolat beradigan hujjat nusxasi. Bunda rieltorlik xizmatlari ko'rsatishda foydalaniladigan mol-mulkni kiritish hisobiga ustav kapitalini pulsiz shaklda qisman yoki to'liq shakllantirishga yo'l qo'yiladi;



- ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari nusxasi. Ushbu bandning "g", "e", "j" kichik bandlari talablari litsenziya talabgorlari bo'lgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2011 yil 10 maydagi № 129 sonli Qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasi ko'rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab o'ttiz kundan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.

Natijani olish usullari


Litsenziya berishga qaror qilinganligi to'g'risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to'lash muddati ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Xizmat natijasi


Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya amal qilish cheklanmagan muddatga beriladi.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa