Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yuridik shaxslar uchun avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish uchun litsenziya olish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini litsenziyalash.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston avtomobil transporti agentligi

Bog`lanish

Manzil: 100128, Toshkent sh.., Zulfiyaxonim ko`chasi, 3-uy



Ishonch telefoni: +998 (71) 244-29-97



El. pochta: info@uzaart.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘grisidagi ariza;

  • yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

  • mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;

  • litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;

  • yuk tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

  • yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

  • litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi "Avtomobil transportida yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 138-son qarori


Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasi ko'rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi.



Avtomobil transportida yo'lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.



Avtotransport vositalari soni to'ldirilgan (ko'paytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qo'shimcha ravishda undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.



Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani to'g'risida qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.

Natijani olish usullari


Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.

Xizmat natijasi


Yuridik shaxslar uchun avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish uchun litsenziyasi.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to'g'risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



Litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to'g'risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko'rsatib o'tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko'rib chiqishga taqdim etishi uchun etarli bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).



Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa