Bank faoliyatini litsenziyalash.
Yuridik va jismoniy shaxslar.
Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi 6 uy, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
Telefon: 236-75-24
Muassislar tomonidan ta’sis shartnomasi imzolanganidan so‘ng bir oy mobaynida Markaziy bankka bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadilar (ariza shakli). Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan (agar muassis yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bo‘lsa) tasdiqlangan ta’sis shartnomasi (uch nusxada, ularning bittasi asl nusxa). Jismoniy shaxslarning imzolari va ta’sis shartnomalarining nusxalari notarial idora tomonidan tasdiqlanadi (yagona muassislar bundan mustasno);
2) muassislar tomonidan tasdiqlangan va bank kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi (uchta asl nusxada);
3) ta’sis yig‘ilishining uch nusxada tayyorlangan bayonnomasi. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, bank ustavi va biznes-rejani tasdiqlash, bank kengashi, boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash to‘g‘risidagi qarorlar bo‘lishi lozim. Bayonnoma nusxalari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
4) muassislar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar:
a) bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan bankning barcha muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) muassis-jismoniy shaxslar bo‘yicha:
• tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining bir yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar;
• tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ma’lumotlar;
• tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining o‘n yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda oxirgi ikki yil uchun soliq deklaratsiyalari (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslar bundan mustasno);
v) muassis-yuridik shaxslar bo‘yicha:
• davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va to‘lov rekvizitlari;
• tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan badallar summasi (jumladan, ustav kapitali umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida);
• yuridik shaxsning so‘nggi uch yil uchun, shu jumladan, soliq organlari va auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi ikki hisobot sanasi uchun balans hisobotlari;
• tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar uchun qo‘shimcha ravishda mazkur yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etayotgan har bir ishtirokchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va to‘lov rekvizitlari, shuningdek ularning ulushi (foiz ko‘rinishida);
• agar yuridik shaxs ustav kapitalida yirik ishtirokchi-jismoniy shaxs bo‘lsa, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq u to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• bankni tashkil etayotgan muassis-yuridik shaxs kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) o‘zaro bog‘langan shaxslar haqida ma’lumotlar:
• muassis-jismoniy (yuridik) shaxs yoki muassis-jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari, yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki munosabati bilan yoki boshqa usullar bilan ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida hamda muassis-yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar:
• davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va to‘lov rekvizitlari;
• muassislar ro‘yxati va mazkur yuridik shaxs ustav kapitaliga kiritilgan badallar summasi (jumladan, ustav kapitali umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida);
• moliyaviy holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (moliyaviy hisobot, jumladan chiqarilgan obligatsiyalar, olingan kreditlar va berilgan bank kafolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
• yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar qo‘shimcha ravishda ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud yoki davlat organlari tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan barcha jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Markaziy bank zarur hollarda mazkur kichik bandda keltirilgan ma’lumotlarni tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh foizidan kam bo‘lgan ulushiga egalik qiladigan muassislardan ham talab qilishga haqli;
6) tashkil etilayotgan bank kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatilgan holda bank kengashi a’zolarining hamda boshqaruv raisi va boshqa rahbar xodimlar ro‘yxati, jumladan, ularning avvalgi mehnat faoliyatlari, ma’lumot darajalari hamda ularga nisbatan qo‘llangan jazo choralari to‘g‘risidagi, shuningdek ularning Markaziy bank tomonidan rahbar xodimlarga qo‘yilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
7) bankning tashkiliy tuzilmasi;
8) bank ichki auditi xizmati to‘g‘risida nizom;
9) bankning ichki kredit siyosati to‘g‘risida nizom;
10) bank biznes-rejasi. Unda bank faoliyati strategiyasi, yo‘nalishlari, ko‘lami, moliyaviy istiqbollari va boshqa zaruriy ma’lumotlar ochib berilishi kerak;
11) vakilning muassislar nomidan ariza berish vakolatiga ega ekanligini tasdiqlovchi (notarial tartibda yoki boshqa usulda tasdiqlangan) hujjat;
12) bankning investitsiya siyosati to‘g‘risida nizom. Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan bankning investitsiya siyosati to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
• investitsiya strategiyasi va maqsadlari;
• bank mablag‘larini investitsiyalash rejalashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlar turlari va shakllari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari;
• qimmatli qog‘ozlar emitentlari va ularning faoliyat sohalari bo‘yicha aksiyalarni jamlashni chegaralash;
• qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarning xavfsizligini va ularning sifatini baholash;
• qimmatli qog‘ozlar emitentlarining moliyaviy ahvolini va boshqarish tajribasini baholash;
• investitsiyalar diversifikatsiyasini amalga oshirish;
13) bankning emissiya siyosati to‘g‘risida nizom. Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan bankning emissiya siyosati to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
• emissiya faoliyati strategiyasi va maqsadlari;
• bank chiqarishni rejalashtirayotgan qimmatli qog‘ozlar turlari va shakllari, emissiya muddatlari;
• qimmatli qog‘ozlar likvidliligini va muomalada bo‘lishligini saqlab turish;
• qarz majburiyatlarining o‘z vaqtida qoplanishini ta’minlash;
14) arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Ta’sis yig‘ilishi bayonida mazkur bandning 7 - 9, 12 va 13-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash, shuningdek kengash raisini saylash to‘g‘risidagi qarorlar bo‘lishi lozim.
Rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi va bank biznes-rejasida keltirilgan barcha savollarga to‘liq javob berilishi kerak. Barcha hujjatlar uch nusxada taqdim etiladi.
Davlat bojlari va yig‘imning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza Markaziy bank tomonidan ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch oydan kechikmagan muddatda qabul qilinadi.
Yozma ravishda.
Dastlabki ruxsatni berish yoki bermaslik.
Bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olishga dastlabki ruxsatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Bankni tashkil etish dastlabki ruxsatni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yuborilmoqda...