Chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibi.
Yuridik shaxslar, chel el valyutasida amaliyotlarni amalga oshiradigan vakolatli banklar.
Manzil: Toshkent shahar, O’zbekiston shox ko’chasi-6, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Telefon: 212-60-76
Tijorat banklariga chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirishga beriladigan litsenziya uchun 1 000,0 AQSh dollari miqdorida xizmat haqi undiriladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlari bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmaydigan muddatda qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to’g’risida mazkur organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish.
• Litsenziya da’vogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
• Litsenziya da’vogari taqdim etgan hujjatlarda noto’g’ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
• Litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda.
Yuborilmoqda...