Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Bog`lanish

Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi 6 uy, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki


Telefon: 236-75-24


E-mail: info@cbu.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashgan manzili (pochta manzili) ko‘rsatilgan holda ariza berilib (ariza shakli), unga quyidagilar ilova qilinadi:



• muassislar umumiy yig‘ilishining kredit byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnomasi;



• kredit byurosining ta’sis hujjatlari;



• kredit byurosining rahbari va muassislari haqidagi ma’lumotlar;



• kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo‘q qilib yuborishdan, o‘zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni ta’minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuvi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;



• kredit byurosining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati;



• davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati. Barcha hujjatlar uch nusxada taqdim etiladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi 04.10.2011 yildagi 301-sonli Qonuniga asosan

Xizmat narxi va to`lash tartibi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli Qaroriga asosan Kredit byurolari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun - eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida belgilangan.

Xizmatni ko`rsatish muddati


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi.

Natijani olish usullari


Yozma ravishda.

Xizmat natijasi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit byurosini ro‘yxatdan o‘tkazadi va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beradi.

Rad etish sabablari


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:



• davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmaganda;



• ta’sis hujjatlari va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmaganda;



• davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;



• kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo‘q qilib yuborishdan, o‘zgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni ta’minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud bo‘lmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;



• kredit byurosining rahbari belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lmaganda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa