Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Lombardlar faoliyatini litsenziyalash
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Lombardlar faoliyatini litsenziyalash.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Bog`lanish

Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 6 uy, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki


Telefon: 236-75-24


E-mail: info@cbu.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Yuridik shaxs - litsenziya da’vogari, lombard faoliyatini amalga oshirishga litsenziyani olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:



a) lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risida ariza (ariza shakli), unda yuridik shaxsning nomi



va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va bank hisobvarag‘ining rekvizitlari ko‘rsatiladi;



b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;



v) lombardning boshqarish vakolatiga ega organ tomonidan tasdiqlangan bir yillik faoliyat uchun biznes-reja;



g) muassislar ro‘yxati, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda:



jismoniy shaxslar uchun:



  • familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, yashash joyining pochta manzili, telefonlari;

  • faoliyat turi, ish joyi, lavozimi (agar ishlasa);

  • lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida

  • Yuridik shaxslar uchun:

  • to‘liq nomi, pochta manzili va telefon raqamlari, to‘lov rekvizitlari;

  • lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida



Barcha muassislar (ham yuridik va ham jismoniy shaxslar) uchun ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud (jumladan, xo‘jalik sudi) yoki davlat organlari tomonidan bu shaxsga nisbatan qo‘llanilgan barcha huquqiy jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.



d) lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar;



e) naqd pul mablag‘lari va garovga olingan mulklarning saqlanishini ta’minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar (binolar) mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;



j) litsenziya da’vogarining lombard bilan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan baholash shartnomasi



z) litsenziya da’vogarning arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi;



Barcha hujjatlar uch nusxada taqdim etiladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Lombard faoliyati amalga oshirilishi huquqiga ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza Markaziy bank tomonidan ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Natijani olish usullari


Yozma ravishda.

Xizmat natijasi


Litsenziyani berish yoki bermaslik.

Rad etish sabablari


Litsenziyalovchi organ, quyidagi sabablarga ko‘ra, litsenziya berilishini rad qilish huquqiga ega:



  • hujjatlar talab etilgan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim qilinganda;

  • hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

  • litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligida.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Lombardga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa