Xizmat haqida
Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash.
Xizmatning sohaga tegishliligi
Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Yuridik shaxslar - matbaa korxonalari yoki matbaa ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan korxonalar.
Tashkilot
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Bog`lanish
Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 6 uy, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Telefon: 212-60-15
E-mail: info@cbu.uz
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
- litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza (ariza shakli), unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;
- yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- litsenziya talabgori arizasini litsenziyalovchi organ ko‘rib chiqqani uchun yig‘imning litsenziya talabgori tomonidan to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
- litsenziya talabgorida kasb bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan xodimlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
- litsenziyalanayotgan faoliyat amalga oshiriladigan asbob-uskunalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
- litsenziya talabgorining ishlab chiqarish xonalarida boyliklarning saqlanishi rejimi holati to'g'risida ichki ishlar hududiy organlarining xulosasi.
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 noyabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 506-sonli qarori.
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Litsenziya talabgorining arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziya berish va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Xizmatni ko`rsatish muddati
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Natijani olish usullari
Pochta orqali, shaxsan topshirish orqali.
Xizmat natijasi
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish.
Rad etish sabablari
- litsenziya da’vogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
- litsenziya da’vogari taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
- litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda.