Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyati bo'yicha litsenziya olish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash O'zbekiston Respublikasining telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Telekommunikatsiyalar sohasidagi yuridik shaxslarning faoliyat turlarini litsenziyalashni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi «Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 458-son qarori bilan tasdiqlangan «Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to'g'risidagi nizom»ga muvofiq O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bog`lanish

O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Amir Temur shox ko`chasi 4,



Telefon: +998 (71) 238-4107, +998 (71) 239-8782,



www.mitc.uz



info@mitc.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Ma'lumotlar uzatish tarmoqlari, teleradiouzatishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko'rsatish uchun litsenziyalar 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyani olish uchun kerak bo'lgan hujjatlar Litsenziyani olish uchun litsenziyaga talabgor litsenziya beruvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:



a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi bank hisob raqamini ko'rsatgan holda belgilangan shakl bo'yicha litsenziya berilishi to'g'risida ariza;



yuridik shaxs amalga oshirishni mo'ljallagan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (uning qismi) va faoliyatning ko'rsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat;



b) yuridik shaxsning davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;



v) litsenziyaga talabgor litsenziya beruvchi organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida yig'im kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;



g) yuridik shaxsning eshittiruvchi sifatida televideniye va radiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko'rsatishga litsenziya olish uchun O'zbekiston matbuot va axborot agentligida davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnomasining nusxasi;



d) quyidagilar ro'yxati:



xarakteristikalari, diapazonlari va radiochastotalar nominallarini (ulardan foydalanilganda) ko'rsatgan holda asosiy telekommunikatsiya texnik vositalari (egalik qilish huquqlari yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo'lgan) – telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va (yoki) ko'rsatishga litsenziya olish uchun;



texnik vositalar (egalik qilish huquqlari yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo'lgan) va loyiha, qurilish ishlarini o'tkazish uchun kerakli bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar – telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurishga litsenziya olish uchun;



e) tarmoqni tashkil qilish va rivojlanishini prognoz qilish rejasi, belgilangan shakl bo'yicha bajariladigan ishlarga bog'liq holda boshqa zarur ma'lumotlar (abonentlar, shaharlararo, xalqaro stansiyalar portlari, ma'lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlari, qamrab olish zonalarining miqdori va muayyan telekommunikatsiya tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar);



j) litsenziyaga talabgor tomonidan telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning ayrim turlari uchun litsenziya olish uchun taqdim etiladigan talablar va shartlarni bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlar:



oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish bo'yicha mutaxassislarning mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari–telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurishga litsenziyani olish uchun;



tegishli organlarining sanitar, yong'indan saqlash va obyektni qo'riqlash tadbirlarining talablariga muvofiqligi to'g'risidagi xulosasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Davlat boji miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 oktyabrdagi «Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun davlat boji miqdorini tasdiqlash to'g'risida»gi 421-son Qarori bilan belgilangan.



Davlat bojining miqdori bir yilga davlat bojini to'lash kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga karra hisobidan belgilanadi (ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko'rsatishdan tashqari).



Davlat boji litsenziya beriladigan muddatga karra bo'lgan miqdorda to'lanadi.



Davlat boji litsenziyaning amal qilish davrida har yili teng ulushlar bilan to'lanishi mumkin yoki litsenziyaning butun amal qilish muddati uchun bir vaqtda to'lanishi mumkin.



Agar litsenziat litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilinganligi bildirishnomasi yuborilgan (topshirilgan) paytdan uch oy ichida litsenziya beruvchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan bo'lsa yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo'lsa, litsenziya beruvchi organ ko'rsatilgan litsenziyani bekor qilish huquqiga ega.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to'g'risidagi qarorni litsenziyalovchi organ barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya da'vogarining arizasi olingan kundan boshlab o'ttiz kundan kechikmay qabul qiladi.



Ekspert komissiyasi litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab 20 kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqadi va Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari bo'yicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda ular bo'yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi ekspert xulosasini tayyorlaydi.



Litsenziyalovchi organ o'n kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatini yuritish bo'yicha litsenziya.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish yoki litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilishi rad etilishining sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:



litsenziya da'vogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmagan holda taqdim etishi;



litsenziya da'vogari taqdim etgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi;



litsenziya da'vogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.



Boshqa asoslarga ko'ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.



Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da'vogariga yozma shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da'vogari ko'rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko'rib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya da'vogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa